1817623587
Javonsher Rustamov | Tahliliy huquq

Advertise on podcast: Javonsher Rustamov | Tahliliy huquq

Categories
Country
United States
This podcast has
12 episodes
Language
English
Explicit
No
Date created
2025/05/30
Latest episode
2026/09/25
Average duration
-
Release period
44 days

Description

Politics and Law with Javansher Rustamov is a podcast that analyzes the intersection of political decisions and legal norms. In each episode, we examine the role of law in modern society, the functioning of political institutions, the rule of law, and current issues related to human rights based on facts. Together with lawyer, political scientist, and analyst Javansher Rustamov, we will reflect on: • how laws are created and how they work; • how political systems affect legal justice; • how the social contract between the state and society is formed. Powerful analysis. Legal approach. Open questions. A joint step towards a society based on reason and consciousness.

Unlock Javonsher Rustamov | Tahliliy huquq podcast Email contact info,
Listeners & Audience details

Email contact information

Direct podcast contact details

Listeners

Audience numbers & engagement insights

Audience details

Podcast Insights

Podcast episodes

Check latest episodes from Javonsher Rustamov | Tahliliy huquq podcast


«Geografiya qasosi» taqdimoti
2026/09/25
Siyosatni liderlar belgilaydimi yoki xarita? Bu epizodda Robert D. Kaplanning New York Times bestselleri «The Revenge of Geography» — o'zbek tilida «Geografiya qasosi» nomi bilan chop etilgan kitob atrofida davra suhbati o'tkazdik. Suhbatda: — Nega geografiya hamon tarix va siyosatning asosiy omillaridan biri bo'lib qolmoqda — Tog'lar, daryolar va dengizga chiqish imkoniyati davlatlarning xatti-harakatini qanday shakllantiradi — Markaziy Osiyo va O'zbekiston geosiyosiy xaritada qayerda turadi — Geografiya — qismatmi yoki uni yengib o'tish mumkinmi? Ishtirokchilar: Javonsher Rustamov — advokat, siyosiy tahlilchi, kitob tarjimoni ▪️ Hamid Sodiq — kitob muharriri ▪️ Javonsher Rustamov — kitob tarjimoni ▪️ Farhod Tolipov — siyosatshunos ▪️ Bahrom Xo'janov — O'zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi kafedra mudiri ▪️ Jahongir Akramov — siyosatshunos Kitob: Robert D. Kaplan, «Geografiya qasosi» — Tirilish nashriyoti. Suhbatning video versiyasi YouTube'da: https://youtu.be/FTJ3Dkow7d0?si=6LqajR9gKqNo_l4b Geosiyosiy va huquqiy tahlillar: javonsher.uz
Telefon bolangizdan 4 ta narsani o'g'irlayapti | "Behalovat avlod", 5-bob
2026/09/25
Ijtimoiy tarmoqlarni yaratgan odamlarning ko'pchiligi o'z farzandiga smartfon bermaydi. Stiv Jobs bolalariga planshet ishlatishni cheklagan. Nega? Jonathan Haidtning "Behalovat avlod" kitobi beshinchi bobida shu savolga javob bor. Muallif telefon markazli bolalik keltirgan zararni to'rtta yo'nalishda ko'rsatadi — ijtimoiy yolg'izlik, uyqu buzilishi, diqqat tarqoqligi va qaramlik. Bu videoda o'sha to'rt zararni birma-bir ko'rib chiqamiz. Uyqu ustida o'zimda o'tkazgan kichik tajribam natijasini ham ko'rsataman. Kitobning oldingi boblari bo'yicha videolarim va geosiyosat, huquq mavzusidagi tahlillarim kanalda. 🔗 javonsher.uz 🔗 Telegram — @javonsherlaw 🔗 Instagram — @javonsher_rustamov YouTube https://youtu.be/zNeo6B0yuGE
2-son. Auksion savdolari: mulkni qanday sotib olish va pulni yo'qotmaslik — Asilbek Kasimov bilan
2026/09/06
Auksionda uy, mashina yoki yerni arzon sotib olsa bo'ladimi? Elektron auksionda qanday qatnashiladi, qanday yutiladi va odamlar aynan qayerda pulini yo'qotadi? «Advokat bilan» turkumining ikkinchi sonida "Partners of LawPower" advokati Asilbek Kasimov bilan elektron auksion savdolarini boshidan oxirigacha muhokama qilamiz: auksion qanday ishlaydi, zakalat (kafolat) puli, g'oliblik bayonnomasi, to'lov muddatlari, mulk e'longa mos kelmasa yoki asossiz sotilsa nima qilinadi, nizolarni qaysi sud ko'radi va savdoga kirishdan oldin nimalarga e'tibor berish kerak. Auksionda qatnashmoqchi bo'lgan har bir kishi uchun foydali. Bu bilim pulingizni tejaydi. Muhokama qilinadigan mavzular: (00:00) Auksion: imkoniyat yoki tuzoq? (01:30) Mehmon: Asilbek Kasimov (03:30) Auksion aslida qanday ishlaydi? Onlayn tizim (14:30) Turlari va hujjatlar: kim oshdi savdosi va g'oliblik bayonnomasi (22:00) Yutdim — endi nima? To'lov va voz kechish oqibatlari (32:00) Muammolar: mulk e'longa mos kelmasa, asossiz sotilsa (43:00) Nizolar qaysi sudda hal bo'ladi? (50:00) Kirishishdan oldin: tekshiruv ro'yxati (58:30) Xulosa Mehmon: Asilbek Kasimov — "Partners of LawPower" advokatlik firmasi advokati. Boshlovchi: Javonsher Rustamov. Huquqiy yordam kerakmi? "Partners of LawPower" bilan bog'laning: Telegram: https://t.me/lawpowerteam Telefon: +998 50 790 40 00 Video versiyasi YouTube'da. Barcha havolalar: https://lawpower.uz/social-links Telegram (kanal): https://t.me/javonsherlaw Veb-sayt: https://javonsher.uz Eslatma: Ushbu suhbat umumiy huquqiy ma'lumot xarakteriga ega bo'lib, individual yuridik maslahat o'rnini bosmaydi. Aniq vaziyatingiz bo'yicha advokatga murojaat qiling.
Biznesga yurist kerakmi?
2026/09/05
Ko'p tadbirkor yuristni "muammo chiqqanda chaqiriladigan odam" deb biladi. Aslida yurist eng ko'p foyda keltiradigan payt — muammo hali chiqmagan payt. "360 Buxgalteriya" podkastining ushbu sonida advokat va "Partners of LawPower" asoschisi Javonsher Rustamov bilan biznesda huquqiy xizmatning o'rni haqida suhbatlashamiz: — Kichik biznesga doimiy yurist kerakmi yoki kerak paytda murojaat qilish yetarlimi? — Shartnomadagi qaysi xatolar keyinchalik eng qimmatga tushadi — Tekshiruv, nizo va sud: tadbirkor nimani oldindan tayyorlab qo'yishi kerak — Yurist va buxgalter ishi qayerda kesishadi — Huquqiy xizmatga sarflangan pul qanday qilib xarajat emas, investitsiyaga aylanadi Video versiyasi: https://www.youtube.com/watch?v=4_MVj8aEWGg — Javonsher Rustamov — advokat, siyosiy tahlilchi va tarjimon. "Partners of LawPower" yuridik firmasi asoschisi. Menga ulanish: Telegram: https://t.me/javonsherlaw Instagram: https://instagram.com/javonsherlaw X (Twitter): https://x.com/javonsher_r Sayt va maqolalar: https://javonsher.uz Yuridik xizmatlar: https://lawpower.uz Barcha havolalar: https://lawpower.uz/social-links #huquq #biznes #tadbirkorlik #yurist #podkast
Siyosatni aslida nima belgilaydi?
2026/09/01
Dunyodagi siyosiy qarorlar ortida aslida nimalar turadi? Davlatlar nega aynan shunday yo‘l tutadi, ayrim hududlar esa nega doim strategik ahamiyatga ega bo‘lib kelgan? Bu sonimizda Robert D. Kaplanning *“Geografiya qasosi”* kitobi asosida geosiyosat, geografiya va davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida suhbatlashamiz. Xaritalar, chegaralar, dengizlar, tog‘lar va tabiiy resurslar davlatlarning siyosatiga qanchalik ta’sir qiladi? Rossiya, Xitoy, AQSH va boshqa yirik davlatlarning harakatlarini geografiya orqali tushunish mumkinmi? Suhbat davomida siyosatning ko‘rinmas omillari, geosiyosiy manfaatlar va geografiyaning tarix hamda kelajakka ta’siri haqida fikr yuritamiz. 📚 Muhokama qilingan kitob: *Robert D. Kaplan — “Geografiya qasosi”* Sizningcha, davlatlar siyosatini eng ko‘p nima belgilaydi — iqtisod, tarix, mafkura yoki geografiyami?
1-son. Ajrashganda uy va mol-mulk kimga qoladi? — Sherzod Maxamadjonov bilan
2026/08/23
Ajrashganda uy, mashina va jamg'arma kimga qoladi? Nikoh davomida ishlamagan, faqat uy va bola bilan band bo'lgan xotin mol-mulkka haqlimi? Nikoh shartnomasiga nimani yozib bo'ladi, nimani yo'q? «Advokat bilan» turkumining birinchi sonida "Partners of LawPower" advokati Sherzod Maxamadjonov bilan Oila kodeksining eng ko'p beriladigan savollarini oddiy, hayotiy tilda muhokama qilamiz. Nikohning davlat ro'yxatidan o'tkazilishi, umumiy va shaxsiy mulk, ipoteka va kredit, mol-mulk bo'linishi hamda nikoh shartnomasi haqida amaliyotchi advokatning aniq javoblari. Ushbu suhbat turmush qurgan yoki qurmoqchi bo'lgan har bir inson uchun foydali. Muhokama qilinadigan mavzular: (00:00) Kirish: eng katta savol (01:30) Mehmon: Sherzod Maxamadjonov (03:30) Qachondan boshlab er-xotinmiz? Nikoh, familiya va diniy nikoh (12:00) Kim ishlaydi, mulk kimniki? Uy bekasining huquqi (20:00) Shaxsiy mulkmi yoki umumiy? (29:00) Uy, mashina, kredit va ipoteka (37:00) Nizolar: roziliksiz sotish, kreditorlar, alohida yashash (45:00) Bolalar va ularning ulushi (50:00) Nikoh shartnomasi haqidagi eng katta mif (58:00) Xulosa Mehmon: Sherzod Maxamadjonov — "Partners of LawPower" advokatlik firmasi advokati. Boshlovchi: Javonsher Rustamov. Video versiyasi YouTube'da. Barcha havolalar: https://lawpower.uz/social-links Telegram: https://t.me/javonsherlaw Veb-sayt: https://javonsher.uz Eslatma: Ushbu suhbat umumiy huquqiy ma'lumot xarakteriga ega bo'lib, individual yuridik maslahat o'rnini bosmaydi. Aniq vaziyatingiz bo'yicha advokatga murojaat qiling.
Behalovat avlod: Farzandlarimizni asraymiz deb ularni yo'qotyapmizmi? (3-4-boblar tahlili)
2026/06/14
Bolalarni xavf-xatardan himoya qilish — har bir ota-onaning tabiiy instinkti. Ammo "xavfsizlik illyuziyasi"ni yaratamiz deb, ularning mustaqilligini, hayotiy ko'nikmalarini va kashfiyot ruhini o'ldirib qo'ymayapmizmi? Ushbu epizodda Jonatan Haydtning (Jonathan Haidt) "Behalovat avlod" (The Anxious Generation) kitobini tahlil qilishda davom etamiz. Diqqat markazimizda — asarning 3- va 4-boblari. Biz bola ruhiyatidagi "kashf etish" va "himoyalanish" rejimlari qanday ishlashi hamda nega fobiyalarning eng yaxshi davosi — "hayajon" ekanligi haqida suhbatlashamiz. Shuningdek, tarbiyadagi zamonaviy tendensiyalar va milliy mentalitetimizning yutuqli tomonlarini solishtiramiz. 🎧 Ushbu podkastda quyidagi mavzularni muhokama qilamiz: Kashf etish vs Himoyalanish: Bola ruhiyati shakllanishida nega butun jamiyat mas'ul? Haqiqiy tajriba: Nima uchun bolaga "teginma" deb qayta-qayta uqtirgandan ko'ra, xatoni o'z tanasida his qilishiga imkon berish kerak? Qo'rquvlarni yengish: Fobiyalarga qarshi eng yaxshi dori nega aynan hayajon va erkin o'yinlarga bog'liq? Qonunchiligimizdagi ustunlik: Angl-sakson davlatlaridan farqli ravishda nega bizning qonunlar bolani mustaqil qilish uchun qulayroq? Ota-onalarning eng katta xatosi: "Muvofiqlashtirilgan parvarish" (kuchli nazorat) va "Tabiiy ulg'ayish" o'rtasidagi farqlar. Jamiyatning o'rni: "Bir bolaga yetti mahalla ota-ona" maqolining ortida yashiringan chuqur psixologik mantiq. Biz jamiyatdagi islohotlarni kimdir qilib berishini kutmasdan, uni o'z oilamiz va qarashlarimizdan boshlashimiz kerak. Agar farzandingiz jamiyatda o‘z o‘rniga ega, ruhan sog‘lom va mustaqil shaxs bo‘lishini xohlasangiz, ushbu epizod aynan siz uchun. Tinglang va tahlil qiling! Fikr-mulohazalaringizni kutib qolaman: Epizodni tinglab, o'z xulosalaringizni Apple Podcasts sharhlar (Review) qismida yozib qoldiring. Farzandingizga qanchalik erkinlik beryapsiz? Fikrlaringiz men uchun muhim. 🌐 Batafsil tahlillar va maqolalar uchun: javonsher.uz Baho berishni (5 yulduz) va obuna bo'lishni unutmang! Bu muhim mavzularning ko'proq ota-onalarga yetib borishiga yordam beradi.
Navostroykadan uy olishdan oldin ko`rish kerak
2026/05/21
Navastroykadan uy olishdan oldin qurilish obyektini JavonsherRustamov_bot orqali tekshiring va quruvchi bilan tuziladigan shartnomani huquqiy ekspertizadan o`tkazing
Behalovat avlod kitobidan ba`zi xulosalar (1-2 bob)
2025/12/27
2010-2015 yillar oralig'ida insoniyat tarixida juda katta, ammo biz sezmagan o'zgarish yuz berdi. Jonatan Haidt buni "Bolalikning qayta qurilishi" deb ataydi. Ushbu videoda "Behalovat avlod" kitobining 1-2 boblari haqidagi xulosalarim bilan tanishasiz: ✅ Yoshlar ruhiyatidagi keskin pasayish sabablari. ✅ Haddan tashqari himoyalangan jismoniy dunyo va himoyasiz qolgan raqamli dunyo ziddiyati. ✅ Biz qayerda xatoga yo'l qo'ydik? Videoni oxirigacha ko'ring va o'z fikrlaringizni yozing. Sizningcha, smartfonlar bizni haqiqatan ham baxtsiz qilyaptimi? Bizni boshqa tarmoqlarda kuzating: Telegram: @javonsherlaw Instagram: javonsher_rustamov Youtube: Javonsher Rustamov
Huquqiy savodxonlik
2025/11/13
Bugugngi kundagi dolzarb mavzulardan biri huquqiy savodxonlik hisoblanadi. Ushbu mavzu yuzasidan siyosatshunos Hamid Sodiq bilan Fikrat ko`rsatuvida suhbatlashdik.
Taksistlar faoliyatiga qo`yilgan cheklovlar - qonuniymi?
2025/06/16
Yo‘nalishsiz taksistlar endi faqat bitta hududda ishlashi shartmi? Bu talab inson huquqlarini cheklaydimi? Tizim ishlamasa – qarorlar adolatdan emas, boshqaruv qulayligidan kelib chiqadi. Ushbu dasturda aynan shu masala tahlil qilindi.
Qonun kuchlimi, siyosatmi?
2025/06/07
Qonun kuchlimi, siyosatmi? Huquq va siyosat — bu ikki tushuncha ko‘pincha alohida o‘rganiladi, ammo amalda ular bir-biriga chambarchas bog‘liq. Bu epizodda biz quyidagilar ustida tahliliy fikr yuritamiz: • Siyosat va huquqning konseptual farqlari • Ularning tarixiy va nazariy o‘zaro ta’siri • Hans Kelsen, Carl Schmitt va Max Weberning yondashuvlari • “Rule of law” va “Rule by law” o‘rtasidagi farq • Huquqiy davlat uchun zarur shartlar Agar siz: – siyosiy qarorlar qanday qilib huquqqa aylanishini, – qonun aslida kim uchun yozilishini, – va hokimiyat qanday cheklanishi kerakligini bilishni istasangiz — bu epizod aynan siz uchun. Tinglang. O‘ylang. Ulashing.

Podcast reviews

Read Javonsher Rustamov | Tahliliy huquq podcast reviews


0 out of 5
0 reviews

Podcast sponsorship advertising

Start advertising on Javonsher Rustamov | Tahliliy huquq relevant audience podcasts


What do you want to promote?